Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-noyabr
Qanday ma'lumot yig'amiz
Ro'yxatdan o'tganingizda: klinika nomi, rahbarning ism-familiyasi, telefon raqami (u kirish uchun login bo'ladi), parol (faqat hash ko'rinishida, ochiq matnda saqlanmaydi) va interfeys tili. Bu sahifada tashqi kuzatuv yoki reklama skriptlari yo'q; faqat shrift Google Fonts'dan yuklanadi.
Bemorlar ma'lumoti
Klinika dasturga kiritgan bemorlar ma'lumoti klinikaning o'ziga tegishli. Har klinika ma'lumoti boshqalardan alohida saqlanadi va faqat o'sha klinika xodimlariga ko'rinadi.
Nima uchun foydalanamiz
Hisobingizni yaratish, dasturga kirishingizni ta'minlash, obunani boshqarish va siz bilan aloqaga chiqish uchun.
Kimga beriladi
Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Faqat qonun talab qilgan hollardagina vakolatli organga berilishi mumkin. Klinika o'zi yoqsa, bemorlarga Telegram orqali xabar yuboriladi — bunda faqat shu xabar matni Telegram orqali o'tadi.
Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlar xavfsiz serverda saqlanadi, har kuni zaxira nusxa olinadi. Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash uchun biz bilan bog'laning.
Aloqa
Savollar bo'lsa: +998 95 044 50 14 yoki Telegram @madrimov.